Grinvodga ispan grandi qiziqmoqda

  • 17.01.2026 21:02
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning "Marsel" klubi vingeri Meyson Grinvud "Atletiko Madrid"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "matraschilar" allaqachon "Marsel" bilan bog‘lanib, Grinvudni sotib olish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Grinvudning o‘zi esa to‘p klublardan tushayotgan takliflarga qaramay, klubini tark etishni rejalashtirmayapti. Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining xaridi "Atletiko" uchun 100 million yevroga tushishi mumkin. Futbolchining fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 19ta gol va 6ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!