Grizmann "Barselona"dan qancha maosh so‘ramoqda?
“Barselona” shartnoma imzolashni rejalashtirayotgan Madridning "Atletiko" klubi forvardi Antuan Grizmann kataloniyaliklarga o‘zining maosh borasidagi talabini e’lon qildi.
Unga ko‘ra 27 yoshli frantsiyalik futbolchi “Kamp Nou”da yiliga 20 mln evro maosh olmoqchi. Biroq, “Barsa” Grizmannga 18 mln evro taklif qilmoqda.
O‘z navbatida Grizmanni tarkibda saqlab qolishga urinayotgan “matraschilar” esa o‘z etakchisiga yiliga 25 mln evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Grizmann o‘z kelajagi borasida JCh-2018 startiga qadar e’lon qilishi haqida aytib o‘tgan edi.



Fikrlar