Grizmann har doim Ronalduni hurmat qiladi
Madridning “Atletiko” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann “Real” forvardi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Biz o‘tgan yili Ronaldu bilan qo‘shni edik. Deyarli har kuni uni ko‘rish mumkin. Biz har doim bir-birimiz bilan yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Ammo o‘tgan yili yashash joyimni o‘zgartirishimga to‘g‘ri keldi. Shunday bo‘lsada, aloqalarimiz saqlanib qolgan. Men har doim Krishtianuni hurmat qilaman. EChL va Evro-2016 final bahslaridan so‘ng uni g‘alaba bilan tabriklaganman, – deydi Grizmann L'Equipe nashriga.

Fikrlar