Grizmann Madridga raqib sifatida tashrif buyurmoqda yoxud bugun "Atletiko" - "Barselona" o‘yini bo‘ladi
Bugun Ispaniya La Ligasida 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Turning markaziy uchrashuvi shubhasiz Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechadi.
Shu kuni “Atletiko” Kataloniyaning “Barselona” klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” hozirda musobaqa jadvalida 25 ochko bilan 5-o‘rinda, “Barselona” esa 28 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar