Grizmann "Osasuna"ga qarshi o‘yinda o‘z antirekordini takrorladi
"Barselona" klubi forvardi Antuan Grizmann La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Osasuna"ga (2:2) qarshi o‘yinda o‘z antirekordini takrorladi.
Marca nashrining xabar berishicha 28 yoshli frantsiyalik futbolchi butun o‘yin davomida to‘pga bor yo‘g‘i 30 marta tegindi xolos. U to‘pga bu qadar eng kam 2015 yil “Granada”ga qarshi o‘yinda tegingan edi.
Ma’lumot uchun, Grizmann “Barselona” safiga joriy yoz “Atletiko” Madriddan ko‘chib o‘tdi.



Fikrlar