“Gubernator kubogi”da Shahobiddin Zoirov va Amit Pangal jangi bo‘lib o‘tdi

  • 23.04.2021 19:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan “Gubernator kubogi”i yarim final bosqichining eng murosasiz o‘tishi kutilayotgan bahsi shubhasiz, -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov hamda printsipial raqib, hindistonlik Amit Pangal o‘rtasidagi jang edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Kutilganidek, ushbu to‘qnashuv yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Jang uch raund shiddatli va keskin ko‘rinish oldi. Yakunda, hamyurtimiz qiyin bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Endi, Zoirov final jangida qozog‘istonlik Mahmud Sabirxanga qarshi turnir g‘olibligi uchun ringga ko‘tariladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
23/04/2021 23:03
Омадингни берсин Шаҳобиддин. Финалда омад тилаб қоламиз сенга. Амид кучли жангчи унинг жангларини алимпядада ҳам кўрганмиз. Бухоро ўғлони ҳам қайтмас жангчи. Зўррр