Gukesh Dommaraju: "Nomzodlar turniri va Jahon chempionligi uchun match bu butunlay boshqa-boshqa musobaqalar"
Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju Varshavadagi turnir oldidan bergan intervyusida hamyurtimiz Javohir Sindarov haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Nomzodlar turniri haqida:
"Javohir Nomzodlar turnirida erishgan natija shunchaki hayratlanarli va oʻta dominant. U oʻtgan yili Jahon Kubogini yutib, oʻzining qanchalik kuchli ekanligini koʻrsatgan edi. Uning elitag olib kirgan yangi energiyasi shaxmat olami uchun juda foydali.
Boʻlajak Jahon chempionligi bahsi haqida:
"Javohir va men deyarli tengdoshmiz. Nomzodlar turniri va Jahon chempionligi uchun match bu butunlay boshqa-boshqa musobaqalar. Shuning uchun hozirgi natijalardan uzoq muddatli xulosa chiqarmagan boʻlardim. Oldinda bizni juda hayajonli bahs kutmoqda."
Favorit kim?
"Odatdagidek, men favoritlarga ishonmayman. Kim oʻsha belgilangan kunda oʻzining eng yaxshi oʻyinini koʻrsatsa, oʻsha gʻalaba qozonadi. Mening maqsadim bor mahoratimni koʻrsatish", - dedi hindistonlik sportchi.

Fikrlar