Guruhdagi raqibimizning kuchi aniq bo‘ldi

  • 02.06.2026 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionatida O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan Kolumbiya terma jamoasi Kosta-Rika futbolchilariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bahs Kolumbiya poytaxti Bogota shahridagi “El Kampin” stadionida o‘tkazildi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Kolumbiya terma jamoasining gollariga Davinson Sanches, Luis Dias va Luis Suares mualliflik qildi. Kosta-Rikaning yagona javob to‘pin Andrey Soto kiritdi.

2026 yildgi jahon chempionatida Kolumbiya Portugaliya, O‘zbekiston va Kongo Demokratik Respublikası bilan birga “K” guruhida ishtirok etadi.

Kosta-Rika esa mundialga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!