Gvardiola, Husanovdan voz kechib, katta xato qilding!

  • 26 avgust, 08:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida “Manchester Siti” kutilmaganda o‘z muxlislari guvohligida “Tottenxem”dan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Bu holat manchesterlik fanatlarni jumbushga keltirdi. O‘yin himoya chizig‘idagi qo‘pol xatolar oqibatida boy berildi. Brennan Jonson  hisobni ochgan vaziyatda Jon Stounz raqib hujumchisi Rivarlisonga qarshilik ko‘rsata olmay, yiqilib tushdi.

Ikkinchi gol darvozabon Jeyms Traffordning himoyachiga o‘ta noqulay pas berganidan keyin Joau Palinya tomonidan kiritildi.

Bahsni kuzatgan mutaxassislar ham, muxlislar ham Xosep Gvardiola jamoasida himoyachilarga tezkorlik etishmagani pand berganini ta’kidlamoqda. Ko‘pchilik “Tottenxem”ning tezkor hujumlarini to‘xtata oladigan Abduqodir Husanovni maydonga tushirmagani uchun ispaniyalik bosh murabbiyni malomat qilyapti.

Nufuzli manba – manchestercity.news tahlilchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali “Manchester Siti” fanatlarining Abduqodir Husanovning maydonga tushirilmagani ortidan kelib chiqqan vaziyatni o‘rganib chiqdi.

- “Manchester Siti” fanatlari anchadan beri Abduqodir Husanovga ko‘proq o‘yin amaliyoti berilishini talab qilmoqda. “Tottenxem”ga boy berilgan uchrashuvdan keyin bu talablar yanada kuchaydi.

O‘zbek himoyachisi yangi mavsumda “Vulverxempton”ga qarshi atigi sakkiz daqiqa to‘p tepdi xolos. “Tottenxem” bilan o‘yinda zaxirada qoldirildi.

Muxlislar jamoa himoya chizig‘iga tezlik etishmayotganidan norozi. Ayniqsa, bu holat jamoa baland himoya chizig‘ida harakatlanganda yaqqol sezilib qolyapti. “Siti”ga tezkorligi bilan tilga tushgan Abduqodir Husanov etishmayapti, - deb yozdi manchestercity.news nashri eksperti Juzeppe Labellarte.

Sports.uz portali “Manchester Siti”ning butun dunyoga tarqalgan ishqibozlari ijtimoiy tarmoqlarda mana shu mavzuda bildirayotgan munosabatlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.

  • “Husanov ko‘proq imkoniyatga munosib. Uning tezligi yuqori va shiddati zo‘r”.
  • “Men Diashni yoqtiraman, u jamoa etakchisi, lekin anchadan beri yuqori sport formasida emas”.
  • “Menga esa, Jon Stounz va uning Diash bilan birga o‘ynashi yoqadi. Ammo bizga Stounz yoki Diash yonida tezkor markaziy himoyachi o‘ynagani ma’qul.  
  • “Stounz ham, Diash ham – zo‘r o‘yinchilar. Biroq ularning yonida yo Gvardiol, yoki Husanov o‘ynashi kerak”.
  • “Jamoamiz baland chiziqli himoya usulidan foydalanadigan bo‘lsa, bizga tezkor markaziy himoyachilar zarur”.
  • “Markaziy himoyada Diash+Husanov yoki Stounz+Husanov tandemini o‘ynatib, o‘ng qanotni Mateus Nunesga berish kerak”.
  • “Bir guruh muxlislar Husanov markaziy himoyada o‘ynashi kerakligini ta’kidlayapti. Boshqalari esa, Abduqodirni Riko Lyuis o‘rniga o‘ng qanotda o‘ynashini istayapti”.
  • “Menga Riko Lyuis yoqadi, lekin uning oldinga o‘tishi oqibatida himoya qarovsiz qolib ketyapti.
  • “Treblga erishgan mavsumdagi darajaga chiqish uchun Husanovni o‘ng qanotga qo‘yinglar”.
  • “Bu o‘yinda jamoaga Husanovning tezkorligi etishmadi”.
  • “Balki Lyuisning o‘rniga Abduqodir tushganida yaxshi bo‘larmidi...”
  • “Rayan Ayt-Nuri maydonni tark etganidan keyin bizga raqib qarshi hujumlarini qaytarish uchun tezkor futbolchi zarur bo‘lib qoldi”.
  • “Riko Lyuis zaxirada o‘tirishi, Husanov ilk daqiqadan o‘ynashi shart”.

Katta manbalardan biri – The Athletic nashri jurnalisti Jordan Kempbell ham “shaharliklar”ni Abduqodir Husanovning ustun tomonlaridan ko‘proq foydalanishga chaqirmoqda.

- Husanovni o‘ng qanot himoyasida o‘ynatish g‘oyasini ilgari surishdan voz kechmayman. U juda tezkor va birga bir vaziyatlarda ham juda zo‘r himoyalanadi. Bu ayni paytda Premer-ligada eng zaruriy sifatlardan biridir. “Tottenxei”ga qarshi uchrashuvda Riko Lyuisning o‘yini Xosep Gvardiolani bu masalani yaxshilab o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi, - deb yozdi Jordan Kempbell.

Ekspertlar Abduqodir Husanovning tezkorligi, jismoniy kuch-quvvati, shiddatini yuqori himoyalanishda va tezkor qarshi hujumlarni to‘xtatib qolishda eng samarali usul, deb ta’kidlayapti. Garchi o‘zbek futbolchisi to‘pga ko‘p teginmasa ham, uning paslari aniqligi va o‘yinni yaxshi o‘qiy olish qobiliyati alohida tilga olinmoqda. Diash va Lyuis o‘yinida kuzatilgan muammolar yuzaga kelgan vaziyatlarda Husanov masalaning asosiy echimi bo‘lishi mumkin.

“Siti”ni mag‘lubiyatdan Husanov qutqara olardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!