Gvardiola Angliya terma jamoasini boshqarishga tayyor, agar...

  • 13 avgust, 2024, 10:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti”ni Angliyaning eng qudratli jamoasiga aylantira olgan Xosep Gvardiolaning “shaharliklar” bilan shartnomasi kelasi yoz tugaydi.

Ko‘pchilikni 53 yoshli mutaxassis faoliyatini qaerda davom ettirishi qiziqtirib kelmoqda. Xususan, Angliya futbol uyushmasi ispaniyalik murabbiyni Angliya terma jamoasini boshqarishga taklif qilyapti.

Xosep Gvardiola bu masalaga yana mavhum tarzda javob berdi.

- Men bundan keyin hayotimda nima qilmoqchi ekanimni hal qilib olishim kerak. Men “Manchester Siti”da qolishim mumkin, Angliya terma jamoasini ham boshqarsam bo‘ladi. Hozir esa, yangi mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutyapman, - dedi Xosep Gvardiola.

Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti”ga ustozlik qilmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa o‘zi ishtirok etgan deyarli barcha nufuzli turnirlar bosh sovriniga ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!