Gvardiola bu futbolchini "Barsa"ga bermaydi!

  • 28.11.2021 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Ferran Torresni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Esport3 nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "shaharliklar" ustozi 21 yoshli ispaniyalik futbolchini "Barselona"ga o‘tishiga to‘sqinliq qilmoqchi. Torres esa ko‘proq o‘yin amaliyoti bera oladigan biror bir grand klubga o‘tmoqchi.

"Manchester Siti" Torresni 2020 yil "Valensiya"dan 23 million evroga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!