Gvardiola “Chelsi”ni ushlab turgan yulduzni o‘ziga og‘dirib olmoqchi

  • 2 noyabr, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Chelsi” himoyachisi Ris Jeymsni o‘z jamoasiga olib kelmoqchi. Bu o‘yinchi yordamida ispaniyalik mutaxassis himoya chizig‘ida bir necha variantni qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi.

Tecno

Aslida Xosep Gvardiola klub rahbarlaridan Jeymsni o‘tgan yozda transfer qilishni so‘ragan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh murabbiy 100 million funtga olingan Jek Grilishga qaraganda Ris Jeymsning kelishini ko‘proq istagani aytilmoqda.

“Chelsi” bu futbolchini 80 million funtdan yuqori bo‘lgan summaga baholanmoqda. Odatda, “shaharliklar”ga xo‘jayinlik qilayotgan shayxlar Gvardiolaning har qanday tanlovi uchun pulni ayamaydi.

Ris Jeyms himoyachi bo‘lishiga qaramay, “Chelsi” to‘purariga aylanib oldi. Joriy mavsumda ettita uchrashuvda qatnashgan 22 yoshli himoyachi raqiblar darvozasini to‘rt marta ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!