Gvardiola davrida "Manchester Siti"ning transfer xarajatlari 2 milliard yevrodan oshdi
Antuan Semenyoni 72 million yevroga sotib olish orqali "Manchester Siti" Xosep Gvardiola boshchiligidagi umumiy transfer xarajatlarini 2 milliard yevrodan oshirdi.
2016 yil yozidan, yaʼni Gvardiola "Siti"ni qabul qilib olgan paytdan beri, hech bir murabbiy shuncha miqdorda xarajat qilmagan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan keyin Diego Simeone turibdi — u davrda "Atletiko" 1,22 milliard yevro sarflagan. Uchinchi o‘rinda esa Antonio Konte (1,19 milliard yevro).
Shu davr mobaynida faqat uch murabbiy birgina klubda 1 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan:
Pep Gvardiola ("Manchester Siti"),
Diego Simeone ("Atletiko"),
Mikel Arteta ("Arsenal").
Umuman olganda, Gvardiola faoliyati davomida boshqargan klublar transferlar uchun jami 2,58 milliard yevro sarflagan. Bu ko‘rsatkich bilan u barcha murabbiylar orasida mutlaq yetakchi hisoblanadi.
Undan keyin quyidagilar joy olgan:
Xoze Mourinyo — 1,99 milliard yevro,
Karlo Anchelotti — 1,8 milliard yevro,
Massimiliano Allegri — 1,6 milliard yevro,
Diego Simeone — 1,55 milliard yevro.
Fikrlar