Gvardiola g‘alati transferni amalga oshirdi

  • 04.09.2025 07:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining afsonaviy o‘yinchisi Pol Skoulz Xosep Gvardiolaning transfer tanloviga  munosabat bildirdi.

Ma’lumki, “Manchester Siti” yozgi transferlar oynasi yopilishi arafasida o‘z tarkibiga PSJdan italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummani qo‘shib oldi.

- Gvardiola juda g‘alati transferni amalga oshirdi, deb hisoblayman. Men Donnarummani juda yaxshi ko‘raman, u ajoyib darvozabon va uni qachon bo‘lsa ham “Manchester Yunayted”ga olgan bo‘lardim. 40 million funtga bu zo‘r transfer.

Ammo Pepning jamoasidagi darvozabonlar kerak bo‘lsa, himoya va yarim himoyachi vazifasini bajarishga ham tayyor bo‘lish kerak. Janluiji Donnarumma oyoqda yaxshi o‘ynay olmaydi. Luis Enrike ham aynan mana shu sabab uni PSJdan ketkazdi.

Men Donnarummani “Manchester Siti” darvozaboni sifatida hech qabul qila olmayapman, - dedi Pol Skoulz.

Janluiji Donnarumma o‘tgan mavsumda ham PSJning asosiy darvozaboni sifatida o‘ynadi. 26 yoshli golkiper jami 47 ta uchrashuvda qatnashib, shulardan 17 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!