
Gvardiola izlaganini topdi
“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida to‘purar hujumchi olishni rejalashtirmoqda. Xosep Gvardiola bu pozitsiyaga Bundesliga to‘purarlari bahsida ikkinchi o‘rinni egallagan Andre Silvani taklif qilmoqchi.
Andre Silva “Ayntraxt” tarkibida sermahsul o‘yin ko‘rsatdi va Germaniya chempionatida 32 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 28 marta ishg‘ol qildi.
“Ayntraxt” Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgani bois 25 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib yuborishga qarshi emas. Uning transferi 40 million evroga baholanmoqda.
Xosep Gvardiola qo‘l ostida Portugaliya terma jamoasining bir necha futbolchisi to‘p tepayotgani bois, Andre Silva ham “shaharliklar” o‘yin uslubiga tez moslashib ketishiga ishonmoqda.
Fikrlar