
Gvardiola joy tanlamas zo‘r shogirdi borligini aytdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uning jamoasida maydonning har qanday nuqtasida samara o‘ynay oladigan futbolchi borligini aytdi.
“Shaharliklar” ustozi himoyachi Riko Lyuisning iqtidorini ana shunday yuksak darajada baholamoqda.
- Bu yigit istalgan pozitsiyada o‘ynay oladi. Riko juda aqlli futbolchi. U futbol mohiyatini yaxshi tushunadi va zo‘r o‘ynaydi. Uni har qanday pozitsiyaga qo‘ysangiz, o‘sha joyda qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladi, - dedi Xosep Gvardiola.
19 yoshli Riko Lyuis klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Angliya terma jamoasiga ham jalb qilingan bu himoyachining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar