Gvardiola kelajakda terma jamoada ishlamoqchi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda terma jamoalarda ham ishlash istagi borligini aytib o‘tdi.
“Milliy terma jamoada ham o‘zimni sinab ko‘rishni xohlardim. Menimcha unda nisbatan xotirjam ishlash mumkin, ko‘proq golf o‘ynashim uchun imkoniyati paydo bo‘ladi. Qarang, hozir bunga umuman vaqtim yo‘q.
Ertami, kechmi baribir bir kun kelib terma jamoada ishlashim mumkin, agar bu borada menga munosib takliflar bo‘lsa albatta”, - deydi Gvardiola.



Fikrlar