
Gvardiola "Manchester Siti" bilan qancha sovrin yutganini bilasizmi?
Shanba oqshomida “Manchester Siti” Angliya kubogi finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi derbida g‘alaba qozondi. Yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning dubli "shaharliklar"ga navbatdagi sovrinni taqdim etdi.
E’tiborlisi, bosh murabbiy Xosep Gvardiola «Manchester Siti»dagi o‘tgan 7 yil davomida 13 ta sovringa ega chiqdi. Ispaniyalik mutaxassis 5 marta “shaharliklar”ni APL chempioniga aylantirdi. Shuningdek, Gvardiola qo‘l ostida jamoa ikki marta Angliya kubogi, to‘rt marta Angliya liga kubogi va ikki marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
“Manchester Siti” 10 iyun kuni Istanbulda Chempionlar ligasi finalida “Inter”ga qarshi maydonga tushadi. Aytish lozimki, “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor evrokuboklarda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega.
Fikrlar