Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirmasligi mumkin

  • 04.02.2026 22:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub bilan shartnomani uzaytirmasligi mumkin.

"BBC Sport" ma'lumotiga ko‘ra, klub ichida mutaxassisning kelajagi borasida "sezilarli noaniqlik" yuzaga kelgan. Kataloniyalik murabbiy yozdayoq lavozimini tark etishi ehtimoli istisno etilmayapti. Qayd etilishicha, yakuniy qaror mavsum yakuniga yaqin qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, hatto Gvardiola kelasi mavsumda ham "Manchester Siti" bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettirgan taqdirda, 2027 yilgacha amal qiladigan amaldagi shartnomasini uzaytirishi dargumon ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!