Gvardiola "Manchester Siti"dan ketadi, faqat...

  • 12 iyun, 2019, 19:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan taqdirda jamoadan ketishi mumkin.

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis ruhan charchagani bois faoliyatida ma’lum muddat tanaffus qilmoqchi. Biroq, ta’tilga chiqishdan oldin u ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida g‘olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola “Manchester Siti” bilan birga qatorasiga ikki mavsum APLda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!