Gvardiola “Manchester Siti”ning eng nozik nuqtasini oshkor qilib qo‘ydi

  • 15.08.2024 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ketma-ket to‘rt mavsumdan beri Angliya chempionligini hech kimga bermay kelayotgan “Manchester Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoasining nozik nuqtalari borligini aytdi.

- Imkoniyat bo‘lsa, biz tayanch yarim himoyachi olishimiz lozim. U ham Rodrining pozitsiyasida, ham markaziy himoyachi o‘rnida o‘ynay olishi shart.

Transfer oynasi yopilgunicha nimalar bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi Xosep Gvardiola Daily Mail nashri vakillariga.

53 yoshli Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti”ga bosh murabbiylik qilyapti. Uning qo‘l ostida bu jamoa o‘zi ishtirok etgan deyarli barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqdi.              

Ispaniyalik mutaxassis ilgari “Barselona” va “Bavariya”ni boshqarib, har ikki jamoa bilan ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!