Gvardiola Moyesga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi
"Manchester Siti»" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLda Devid Moyes boshqarayotgan jamoalarga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi.
35-tur doirasida "shaharliklar" Moyes qo‘l ostidagi "Everton" bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Shu tariqa, Gvardiola hisobida Moyes jamoalariga qarshi 16 ta uchrashuvda 13 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etilgan.
APLda bundan ham uzoqroq mag‘lubiyatsiz seriyalar Gvardiolada Shon Daych jamoalariga qarshi, shuningdek Aleks Fergyusonda Stiv Bryus jamoalariga qarshi qayd etilgan — har ikkisida ham 17 tadan o‘yin.

Fikrlar