Gvardiola navbatdagi alamli mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 12 dekabr, 2024, 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi formatda o‘tkazilayotgan Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich oltinchi turida “Yuventus” o‘z maydonida Angliya chempioni “Manchester Siti”ni 2:0 hisobida engdi.

Uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola navbatdagi mag‘lubiyat sabablarini keltirib o‘tdi.

- Biz ancha dadil o‘ynadik. O‘tgan uchrashuvlarimizdan farqli ravishda bu gal kamroq to‘p yo‘qotdik, pozitsiyalarni yopa oldik. Lekin Italiya jamoalariga qarshi o‘ynash oson emas, chunki ular vaziyatga tez va yaxshi moslasha oladi.

Shunga qaramay, biz o‘z o‘yin uslubimizga amalga qilishni davom ettirdik, hatto natija biz uchun bundan yaxshi bo‘lishi mumkin edi.

Lekin bizga hal qiluvchi oxirgi pas va hujumni samarali yakunlash kabi muhim omillar etishmadi. Bundan tashqari, biz o‘z darvozasimiz oldida raqibning xavfli hujumlarini bartaraf eta olmadik.

Shogirdlarim bor kuchini berganiga aminman va ular bilan haqli ravishda faxrlanaman, - dedi Xosep Gvardiola.

Ayni paytda “shaharliklar” hisobida sakkiz ochko bor va Gvardiola shogirdlari 36 jamoa ichida 22-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!