Gvardiola nima sababdan Diash o‘rniga Husanovni maydonga tushirgani ma'lum bo‘ldi

  • 23.02.2026 16:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APLning 27-turida "Manchester Siti" o‘z uyida "Nyukasl" jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov ikkinchi bo‘lim avvalida Ruben Diash o‘rniga maydonga tushdi.

Himoyachi qolgan daqiqalar davomida ishonchli harakat qilib, jamoasining muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishida munosib hissa qo‘shdi. Qator statistik portallar Husanovning o‘yinini ijobiy baholadi. Xususan, SofaScore nashri legionerimizga 7 ball qo‘ydi.

"Manchester Siti" faoliyatini yorituvchi manbalarning yozishicha, Pep Gvardiolaning Diash o‘rniga Husanovni maydonga tushirishi to‘liq taktik qaror bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, keyingi turda «shaharliklar» safarda "Lids"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!