Gvardiola raqibdan o‘yinchi olmoqchi

  • 13.12.2021 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” mutasaddilari “Arsenal”ning chap qanot himoyachisi Nunu Tavareshni qo‘lga kiritishni mo‘ljallayapti.

Portugaliyalik futbolchi “kanonirlar” safiga yozda “Benfika”dan 8,5 million funt evaziga o‘tgandi.

Nunu qisqa fursat ichida Mikel Arteta jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. U ichki raqobatda Kiran Tirnini ortda qoldirdi.

Iste’dodli himoyachining o‘yini boshqa jamoalar skautlari e’tiborini torta boshladi. Xususan, Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiylar shtabi ham 21 yoshli Nunu Tavareshga e’tibor qaratdi. Ularning rejasi bo‘yicha Tavaresh qamoqqa olingan Benjamin Mendining o‘rnini egallashi kerak.

“Shaharliklar” bu transferni yozda amalga oshirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!