Gvardiola “Siti”dan ketib yagona orzusini amalga oshiradi
“Manchester Siti” tarixidagi eng zo‘r bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoadagi o‘n yillik faoliyatidan keyin joriy mavsum oxirida lavozimini tark etishi mumkin.
The Touchline nashri ma’lumotiga ko‘ra, Manchester klubidagi faoliyati tugagach, ispaniyalik mutaxassisning yagona orzusi — jahon chempionatida g‘alaba qozonish bo‘ladi.
U muayyan bir terma jamoani boshqarishni rejalashtirmayapti, ammo xalqaro maydonda raqobatlasha oladigan jamoaga murabbiylik qilishni istaydi.
Gvardiola boshqaruvi davomida “Manchester Siti”ni 2016 yildan beri 18 ta sovrin yutdi, jumladan olti marta Angliya chempioni bo‘ldi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Garchi Pepning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan bo‘lsa-da, joriy mavsum yakunlangandan keyin o‘zgarishi bo‘lishi kutilyapti.
Fikrlar