Gvardiola: "Tarkibni kuchaytirishimiz kerak"

  • 03.01.2025 19:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub qishki transferlar oynasida futbolchilar xarid qilishi haqida gapirdi.

"Men hozir buni bilmayman. Bu oson emas. Balki kimnidir olib kelarmiz, balki hech kimni sotib olmasmiz. Klub to‘g‘ri qarorlar qilishi kerak. Hozir ko‘p futbolchilarimiz jarohat olgan bir paytda kuchayishimiz kerak, lekin bu mumkin bo‘ladimi, bilmayman", — dedi Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida jurnalistlarga.

"Shaharliklar"ning keyingi uchrashuvi APL doirasida "Vest Xem"ga qarshi 4-yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!