
Gvardiola "Tottenxem"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Tottenxem"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Londonga borish xuddi Shimoliy Evropaga borishdek gap. Bilmadim, menga shunday tuyuladi.
Mehmonxonaga etib borish uchun 4 soat 20 daqiqa vaqt ketadi. Kechirasiz, ammo biz bundan charchashimiz tabiiy.
Endi Manchesterga qaytib, "Aston Villa"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bu bellashuv ham oson o‘tmaydi, aniq", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" "Tottenxem"ga kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yagona gol muallifi londonliklar to‘purari Xarri Keyn bo‘ldi.
Fikrlar