Gvardiola: "Uoker mashg‘ulotlarsiz ham o‘ynay oladi"

  • 4 noyabr, 2024, 10:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kayl Uokerning jismoniy holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shanba kuni 34 yoshli futbolchi kassalikdan tuzalib maydonga qaytdi va "Bornmut"ga qarshi to‘liq o‘yin o‘tkazdi (2:1).

"Kayl mashg‘ulot o‘tkazmasdan ham o‘ynay oladi, chunki uning jismoniy holati doimo a’lo. Biroq, albatta, u o‘yin ritmiga qaytishi va kontsentratsiyani saqlab turishi kerak", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi "City Xtra" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Uoker joriy mavsum APLda 6 ta o‘yindan ishtirok etdi va bitta sariq kartochka oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!