Gvardiola yana bir katta transferga qo‘l uryapti

  • 14.06.2022 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” tezroq o‘z jamoasiga “Lids” yarim himoyachisi Kelvin Fillipsni qo‘shib olishga urinmoqda. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.

Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelasi oy shogirdlarini AQSh bo‘ylab turnega olib ketadi. Ispaniyalik mutaxassis yangi o‘yinchini safarga jo‘nab ketish oldidan qo‘lga kiritmoqchi.

“Lids” rahbariyati esa, o‘z etakchisi bilan xayrlashishga shoshilmayapti. Aksincha, klub Angliya terma jamoasi o‘yinchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Amaldagi kelishuvi yana ikki yil davom etadigan Fillipsning transferi 50 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!