Gvardiola yaxshi hujumchi topdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujum chizig‘ini “Ayaks” futbolchisi Antoni Mateus dos Santos bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.
Braziliyalik hujumchi Niderlandiya chempionatida barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda. 21 yoshli Antoni joriy mavsumda o‘nta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas oshirdi.
Antonining amsterdamliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq, “Ayaks” xo‘jayinlari 25 million evro taklif qiladigan jamoa bo‘lsa, yosh hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Antonioga “Manchester Siti” qatorida “Barselona” va “Bavariya” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar