Gvardiola: Yutolmasak, hammasi tamom

  • 14.03.2026 05:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“ManchesterSiti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 30-turi doirasida safarda bo‘lib o‘tadigan “VestXem”ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

-  Hozir navbat “VestXem”ga keldi. Premier-liga — eng qiyin musobaqa. Biz hali ham kurashdamiz va tushunamizki, agar ochko yo‘qotsak, hammasi tugaydi.

Men har doim aytganmanki, oxirgi 10 ta o‘yinga yaqinlashganimizda har bir jamoa biror narsa uchun kurashadi — omon qolish uchun, Yevropa Ligasi uchun, Konferensiyalar Ligasi uchun, Chempionlar Ligasi uchun, chempionlik uchun.

Bu normal holat, har bir o‘yin muhim. Bundan buyog‘iga ikkinchi imkoniyat bo‘lmaydi, - dedi Gvardiola ESPN jurnalistlariga bergan intervyusida.

APLning 29 turidan keyin “shaharliklar” 60 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalab turibdi va yetakchi “Arsenal”dan yetti ochkoga ortda qolmoqda, biroq ularda zahira o‘yini mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!