
Gvardiola yuz o‘girganidan keyin Messiga yangi xaridor topildi
Ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar Lionel Messining “Manchester Siti”ga o‘tishini kutayotgan edi. Biroq, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shogirdiga faoliyatini “Barselona”da davom ettirish va o‘sha erda yakunlashni maslahat berdi.
Endi milliarder Roman Abramovich Leoni “Chelsi”ga olib kelishni rejalashtirmoqda va uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapti.
Messining “Barselona”dagi kelajagi hamon so‘roq ostida turibdi. Argentinalik yulduz yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan. Bu masala yaqinda Kataloniya klubida bo‘ladigan prezidentlik saylovlaridan keyin yana kun tartibiga qaytadi.
Fikrlar