Gvaridola: Yangi narsa o‘ylab topishimiz kerak

  • 12.04.2023 03:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pep Gvardiola "Bavariya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng "Manchester Siti"ni bo‘shashmaslikka chaqirdi. 

"Ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Top jamoalar o‘rtasidagi qiziqarli bahs guvohi bo‘ldik. 

Rodri aql bovar qilmas gol urdi. Musiala hamda Gnabri harakat qiladigan qanotlarni nazorat qila olmadik. 

Ikkinchi bo‘limning dastlabki 5-15 daqiqasida raqib yaxshiroq o‘ynadi hamda vaziyatlar yaratdi. Shundan so‘ng biz bir nechta narsalarni o‘zgartirdik va bellashuvning qolgan qismila kuchliroq o‘ynadik. 

Bu ajoyib natija, ammo Myunxenda o‘ynash nimani anglatishini bilaman. Raqibning mahoratidan aziyat chekmaslik va muvaffaqiyatga erishish uchun yangi narsa o‘ylab topishimiz zarur", - dedi "shaharliklar" ustozi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!