Gyundog‘an “Barsa”dan boshqa jamoaga o‘tmoqchi
O‘tgan yoz “Barselona” safiga qo‘shilgan “Manchester Siti”ning sobiq sardori Ilkay Gyundog‘an professional faoliyatini yakunlagunicha Turkiya chempionatida ham to‘p tepmoqchi.
Football Espana nashrining yozishicha, germaniyalik futbolchining “Galatasaroy”da o‘ynash niyati bor ekan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali o‘yinchining agentlari bir necha kun avval “Galatasaroy” mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazgan.
Turkiya superklubi ham yuqori saviyali va mashhur o‘yinchini o‘z safida ko‘rishdan manfaatdor ekanini ta’kidlamoqda.
33 yoshli futbolchi professional faoliyatini “Nyurnberg” klubida boshlagan. Keyin Dortmundning “Borussiya” jamoasida o‘ynadi. “Manchester Siti” uni 2016 yili 27 million evroga transfer qildi.
Ilkay Gyundog‘an kataloniyaliklar bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan.
Fikrlar