
Gyundogan mart oyida Germaniya terma jamoasiga chaqirilmaydi. Sababi ham ma’lum
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan mart oyidagi yig‘in uchun chaqiruv olmaydi.
"German Sky" nashrining xabar berishicha, futbolchi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan gaplashgan. Tomonlar Gyundogan bu oyda "nemis mashinasi" safiga bormagani ma’qulroq degan fikrga kelishgan. Asosiy sabab Ilkay yaqin kunlarda ota bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Gyundogan va Flik o‘rtasida munosabatlar iliq. 32 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasida o‘ynashni davom ettirishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Germaniya terma jamoasi Peru va Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.
Fikrlar