Gyundogan: Omadimiz keldi
“Manchester Siti” sardori Ilkay Gyundoganning fikricha, "Inter"ga (1:0) qarshi o‘tgan Chempionlar ligasi finalida “shaharliklar”ga omad kulib boqqan.
“Biz juda xursandmiz. Bu voqealarni so‘z bilan ifodalash qiyin.
Ikkala jamoa uchun ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa yaxshiroq o‘ynashimiz kerakligini angladik. Ehtimol bu o‘yinni 50 ga 50, teng kurashlar ostida o‘tdi desa ham bo‘ladi. Biz gol urganimiz uchun bu o‘yinda omadimiz keldi deyishimiz mumkin.
Hamma shunchaki trebl haqida gapirdi. Bu borada bosim sezilib turardi. Ammo biz hammasi ajoyib yakunlay oldik”, - dedi germaniyalik futbolchi.
Fikrlar