Hakam takroriy lavhalarni ko‘rish uchun VAR o‘rniga telefondan foydalandi va ...

  • 23.03.2023 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misrning ikkinchi divizionida qiziq voqea yuz berdi. “An-Nasr”ning “Suets”ga qarshi bahsida bosh hakam Muhammad Faruk kiritilgan gollardan birining to‘g‘riligiga shubha qildi, biroq VAR’ga emas, balki... muxlislardan birining telefoniga qarashga qaror qildi. U takroriy lavhada to‘p qo‘lga tekkanini ko‘rdi va kiritilgan golni bekor qilish uchun asos bor deb hisobladi.

Tecno

Italiyaning ITASportPress axborot agentligi xabariga ko‘ra, Misr futbol federatsiyasi innovatsion texnologiyalarga nisbatan bunday yondashuvdan dahshatga tushgan va Farukni “noma’lum muddatga” diskvalifikatsiya qilgan. Darvoqe, u maydonni politsiya qurshovida tark etdi, chunki 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan “An-Nasr” muxlislari u bilan “shug‘ullanishni” xohlab qolishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!