Hakim Fuzaylov "Buxoro" bilan shartnomasini bekor qildi
Xabaringiz bor, birinchi davra boshlarida “Buxoro”da bosh murabbiy o‘zgargandi. Hakim Fuzaylov o‘rniga Ulug‘bek Baqoev tayinlangan.
Shundan beri Hakim Qayumovich klubda boshqa lavozimda faoliyatini davom ettirib kelayotgandi.
Lekin kuni kecha Fuzaylovning Sports.uz jurnalistiga aytishicha, u 1 avgustdan “Buxoro” bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilgan va jamoani tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, Hakim Fuzaylov o‘tgan yili “Buxoro”da ishlab, bosh murabbiy sifatida jamoani pro ligadan Superligaga qaytargandi.

Fikrlar