Hamdamov 1 taym o‘ynagan uchrashuv so‘ngida "Al-Sayliya" g‘alabani ilib ketdi
Qatar birinchiligida 19-turi doirasidagi "Umm-Salal" - "Al-Sayliya" uchrashuvi yakuniga etdi.
Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yin taqdirini hal etgan yagona gol 88-daqiqada Dris Fettuhi tomonidan kiritildi. Legionerimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi va 46-daqiqada zaxiraga olindi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng so‘nggi o‘rindagi Hamdamov jamoasi ochkolari sonini 11 taga etkazib oldi. 6-pog‘onadagi "Umm-Salal"da 25 ochko mavjud.
Fikrlar