Hamma bu erda o‘ynashdan qo‘rqadi. Ronaldu Chempionlar ligasi g‘olibi nomini aytdi

  • 29.12.2024 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda Evropa Chempionlar ligasida qaysi klub vakillari bosh sovrinni qo‘lga kiritishini taxmin qildi.

- Agar Evropa Chempionlar ligasida joriy mavsum qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini tanlashim kerak bo‘lsa, unda Madridning “Real” klubi, degan bo‘lardim.

“Bernabeu” – o‘ziga xos arena, raqib jamoalar bu maydonda o‘ynashdan qo‘rqadi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

39 yoshli to‘purarning o‘zi 2009-2018 yillar davomida “Qirollik klubi” sharafini himoya qilgan. Ronaldu Chempionlar ligasining eng zo‘r to‘purari (140 ta gol) va assistenti (42 ta golli uzatma) hisoblanadi.

Shuningdek, Krishtianu “Manchester Yunayted”da bir marotaba, “Real”da to‘rt bor Evropa Chempion ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!