Hamma kutayotgan turning markaziy o‘yini oldidan statistik ma’lumotlar

  • 15 mart, 2023, 11:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Toshkentda  “Paxtakor” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur klublarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar shu kungacha 64 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan.

O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik  poytaxtliklar tarafida. O‘tkazilgan bahslarning 39 tasida  “sherlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 13 ta o‘yinda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 12 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 105 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 49 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. 

O‘zaro o‘yinlarda “sherlar” 129, “lochinlar” esa 51 ochkoni qo‘lga kiritishgan.  

Ushbu  jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0.

Mazkur hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

Ushbu klublar shu kungacha Toshkentda 32 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ushbu  uchrashuvlarning 26 tasida “sherlar” g‘alaba qozonishgan, 5 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 1 ta bahsda “lochinlar” zafar quchishgan.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 68 ta gol urib, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.  

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor”  – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 17 aprel kuni soat 19:30 da “Paxtakor” stadionida boshlanadi, - deya ma’lumotlarni taqdim etdi “Navbahor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirvoxid Tojiyev
15/03/2023 17:35
17 aprelga bir oy borku 17 martmasmodi
Mirvoxid Tojiyev
15/03/2023 17:34
ajshw
Кахрамонжон Сафаров
15/03/2023 12:08
Намунча шерлар дейилаверади бу шерлар Циркдаги дрецировшикни кандини егач сахнага чикадиган шерлардан фарки йук-ку урмондаги шерлар бошкача булади менимча