
Harri Keyn: "Runi bilan solishtirshlari ajoyib narsa"
Harri Keyn kechagi "Dinamo Zagreb"ga qarshi o‘yindagi o‘z harakatlariga baho berdi.
«Umrimda birinchi marta bitta o‘yinda uch marta penaltidan gol urdim. Bu butunlay boshqacha tuyuldi. Ammo to‘rtta gol urish - bu fantastika. Jamoaga har tomonlama yordam berish muhim. Xoh penaltilar bo‘lsin, xoh maydondagi gollar. Bu biz uchun ajoyib kecha bo‘ldi.
Qachonki sizni Ueyn Runi bilan bir toifaga qo‘yishsa, bu sizning biror narsada yaxshi ekanligingizni anglatadi. U eng buyuk ingliz futbolchilaridan biri va tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri.
Men xet-trikdan so‘ng barcha to‘plarni qabul qilaman. Yigitlar ularni imzolashdan charchagan bo‘lishi mumkin. Lekin hali ancha davom etishlari katta extimol(kuladi)" , - dedi “Bavariya” hujumchisi.
Fikrlar