Harri Keynga yangi da’vogar topildi

  • 22 may, 2021, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn yozda sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan qudratliroq klubga o‘tmoqchi. Klub xo‘jayini Daniel Levi uni osonlikcha qo‘yib yubormayapti va katta pul talab qilmoqda.

Tecno

Keynga ayni paytda Manchesterning ikki klubi, “Barselona” va “Real” da’vogarlik qilmoqda. Ular qatoriga “Chelsi” ham qo‘shildi. Londonliklar Keynning narxini pasaytirish uchun “Tottenxem”ga pul bilan birga iqtidorli hujumchi Temmi Abraxam yoki dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepi Arrisabalagani qo‘shib bermoqchi.

“Tottenxem” ayni paytda mohir hujumchi va ishonchli darvozabonga ehtiyoj sezmoqda.

Bundan tashqari, “Chelsi” rahbarlari “Tottenxem” to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchini kuchaytirmaslik uchun bu transferga rozi bo‘lmasligidan xavotirda. Biroq, bu masalada Harri Keynning fikri birlamchi hisoblanadi.

27 yoshli hujumchining o‘zi “Manchester Siti”ga moyillik bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!