Hasan Baudunov jahon kubogi g‘olibiga aylandi

Salvadorda qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogida hamyurtimiz Hasan Baudunov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

H.Baudunov musobaqaning  birinchi bosqichida panamalik Xulio Ariasni 15:10,  chorak finalda chililik Felipe Gonsalesni 15:3, yarim finalda kosta-rikalik Daniel Oxedani 15:8 hisobida engdi.

Qilichbozimiz so‘nggi hal qiluvchi final bahsida braziliyalik Alvaro Donatoni 15:9 hisobida mag‘lub etib shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi va Jahon kuboklarida g‘alaba qozongan ikkinchi qilichbozimizga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!