Hasanboy Do‘smatov yil yakuniga qadar jang o‘tkazishi mumkin

  • 8 dekabr, 2020, 12:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan edi. U debyut jangini ham o‘tkazishga ulgurgandi.

Tecno

Biroq ushbu jangdan so‘ng, orada anchagina tanaffus bo‘lib qoldi. Pandemiya holati va yurtdoshimizning viza bilan bog‘liq muammolari tufayli, Do‘smatovning navbatdagi jangi cho‘zilib ketdi. Kuni kecha, saytimizga menejer Alik Frolov intervyu berdi va u Hasanboy Do‘smatov haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Hasanboy Do‘smatov Vasiliy Lomachenkodan keyingi eng yaxshi havaskor bokschi… Uning viza bilan bog‘liq muammolari bor. Butun dunyoda hukm surayotgan vaziyatdan kelib chiqib, unga jang tashkil qilishga harakat qilyapmiz. Katta ehtimol bilan, bu voqea dekabr oyining so‘ngida amalga oshishi mumkin", - dedi Frolov.

Eslatib o‘tamiz, Do‘smatov professional boksdagi ilk jangini 2019 yil 16 noyabrda o‘tkazgan va unda meksikalik Xesus Servantesni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!