Havaskor boksda Fazliddin G‘oyibnazarovni eng kuchli raqibi sifatida biladigan bokschining rejalari qanday?

  • 23 oktabr, 2019, 15:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBA, WBO va WBC yo‘nalishi bo‘yicha engil vazn toifasida jahon chempioni Vasiliy Lomachenko yaqin kelajakda jang qilmoqchi bo‘lgan bokschilarini nomini e’lon qildi.

Tecno

"Menimcha, Jervonta Devisga qarshi jang juda qiziqarli va yaxshi sinov bo‘ladi. Devin Xeyni ham yaxshi jang qiladi.Teofimo Lopes haqida ham gap bor. Avvalo, dekabrda Richard Kommi bilan jangdan so‘ng, barchasi ma’lum bo‘ladi”,-deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN Deportes.

Lomachenko o‘zining so‘nggi jangini shu yilning avgust oyi oxirida o‘tkazdi, unda u britaniyalik Lyuk Kempbellni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ma’lumot uchun, ukrainalik bokschi o‘z intervyularini birida hamyurtimiz Fazliddin G‘oyibnazarovni havaskor boksdagi eng kuchli raqiblaridan biri sifatida e’tirof etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!