
Here we go! De Ligt "Manchester Yunayted" futbolchisi
"Manchester Yunayted" transferlar oynasidagi faolligini oshirdi. Klub yana bir xaridni amalga oshirishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, Matteys de Ligt bo‘yicha "qizil iblislar" va "Bavariya" kelishuvga erishdi. Himoyachi uchun Angliya grandi 45+5 million evro to‘laydi. Shuningdek, futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi.
De Lig tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Manchesterga yo‘l oladi. 24 yoshli niderlandiyalik anchadan beri bu klubga o‘tishga harakat qilib kelayotgandi. Uning "Bavariya"ni tark etish ehtimoli mavsum yakunlanmasidan oldin ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Matteys 2022 yili "Yuventus"dan Germaniya klubiga 67 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar