
Here we go! "Yuventus" "Atalanta" yarim himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda
"Atalanta" yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners "Yuventus"ga ko‘chib o‘tmoqda.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishib olishdi. Ushbu transfer uchun turinliklar 52+7 million evro to‘laydi. Futbolchi bilan esa 5 yillik shartnoma imzolanadi.
Kopmeyners chorshanba kuni ertalab tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. Agarda "Atalanta" hujjatlarga bugun qo‘l qo‘ysa, shu ondayoq niderlandiyalik yarim himoyachi yo‘lga otlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Tyon 2021 yili "AZ Alkmar"dan 14 million evro evaziga bergamoliklar tarkibiga kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar