Hoy Pep, himoyachimizni qaytarib ber!

  • 25.12.2025 07:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Bornmut” klubi rahbariyati jamoaning sobiq himoyachisi Natan Akena yana qaytarib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi aslida “Feyenoord” va “Chelsi” akademiyalarida tarbiyalangan va faoliyatini faqat Angliya Premer-ligasida o‘tkazmoqda.

Ilgari “Chelsi”, “Reding”, “Uotford” kabi klublar sharafini himoya qilgan Natan Akeni “Bornmut” 2016 yili ijaraga olib, keyingi yili 22,80 million evroga to‘liq sotib olgan edi.

2020 yili esa, “Manchester Siti” markaziy himoyachi uchun 45,3 million evro sarflab, uni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Ayni paytga kelib, Ake jamoaning asosiy tarkibiga kirishga qiynalmoqda. Niderlandiya terma jamoasi u agar 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmoqchi bo‘lsa, mundialgacha muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerakligini uqtirdi.

Natan Ake buning uchun boshqa jamoaga o‘tishi kerak. Vaziyatni kuzatib turgan “Bornmut” jamoa safida yuzdan ziyod o‘yin o‘tkazgan himoyachini yana ortga qaytarmoqchi.

O‘tgan yozda Din Xyoysen va Ilya Zabarniy kabi mahoratli markaziy himoyachilarni sotib yuborgan “Bornmut” haligacha ularga munosib o‘rinbosar topa olgani yo‘q. Shu bois, ular himoya markazidagi bo‘shliqni 30 yoshli Ake yordamida to‘ldirmoqchi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!